Mavjud emas
Morgan's
Rock Hard Gel
120ml
435 600 so'm
Mavjud emas
- Toshkent bo‘ylab 1–2 kunda yetkazib berish — 30 000 so‘m
- Olib ketish: Vega Centre, har kuni 11:00 — 22:00
- Qaytarish faqat brak uchun — salonda, almashtirish yo‘q
- Original — zalda ham shu vositalar bilan ishlaymiz
Tavsif
Turgan holida qolishi kerak bo'lgan shakllar uchun kuchli fiksatsiyali gel: pompadur, kok va rokabilli turmaklari. Qattiq va uzoq ushlab turadi, shuning uchun uni turmakning boshida bir yo'la surtgan ma'qul — qotib qolgan shaklni tuzatish uchun sochni qaytadan ho'llashga to'g'ri keladi. Musiqa avtomati tasviri tushirilgan qora shisha bankada chiqariladi.
Qanday ishlatiladi
Nam sochga surting va darhol yakuniy shaklni bering — gel qattiq qotadi, keyin sochni qayta ho'llamasdan turmakni tuzatib bo'lmaydi. Qo'l yoki taroq bilan taqsimlang. Baland shakllar uchun qatlam-qatlam surtib, fen bilan quritib boring.
Xususiyatlari
- Brend
- Morgan's
- Hajmi
- 120ml
- Vazifasi
- Soch stayleri
- Mahsulot kodi
- 5012521541141